Turizm axborot markazlari yaratilmoqda
Ayni paytda O‘zbekistonning barcha hududlarida sayyohlik ob’ektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, turistik axborot markazlarini yaratish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Andijon viloyatida ham bunday markazlar barcha joylashuv punktlari va sayyohlar oqimi yuqori bo‘lgan ob’ektlar atrofida tashkil etiladi. Markazga murojaat qilgan sayohatchilar muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishlari, jumladan, mashhur sayyohlik maskanlari va yo‘nalishlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
Barcha turizm axborot markazlari maxsus banner va risolalar, shuningdek, yaqinda ishlab chiqilgan Andijon viloyatining turistik kartasi bilan ta’minlanadi. Xarita Viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi tomonidan belgilangan standartlar asosida tuzilgan.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA