Turistik tashkilotlar uchun infotur
Poytaxtimizdagi Gulbozor mahallasida sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun infotur va mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirokchilarga milliy-etnik ko‘rinish, ishlab chiqarish va hunarmandchilik ustaxonalarining jozibasi hamda tarixi haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Shu bilan birga, tadbirkorlar uchun mahorat darslari tashkil etildi.



Mahallaga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarga novvoychilik, kulolchilik borasida ko‘rgazmali darslar o‘tildi hamda kelajakda tadbirkorlar o‘z faoliyatida markazning ko‘p tarmoqli imkoniyatidan foydalanishlariga kelishib olindi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA