Tuprog‘ida Mendeleev jadvalining barcha elementlar bo‘lgan yurtimizdagi hudud: aholi u yerdan oltin qazib olmoqda
Kimdan eshitganimni aniq eslay olmayman, lekin bolaligimda bir rivoyat yodimda qolgan.
Kimdan eshitganimni aniq eslay olmayman, lekin bolaligimda bir rivoyat yodimda qolgan.
Unda buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy hozirgi Navoiy viloyati kengliklaridan o‘tayotib, "Kun kelib avlodlar bu manzillarda guldek shahar bunyod etadi va dunyoni hayratlantiradigan mo‘jizalarga makon bo‘ladi. Tuprog‘i oltinga aylanadi", degani haqida rivoyatlar yuradi.
Ayni vaqtda yer osti va yer usti boyliklariga makon bo‘lgan viloyat tuprog‘ida Mendeleev davriy jadvalidagi barcha elementlarning mavjudligi isbotlangan.
Bu Alisher Navoiy qanchalik uzoqni ko‘ra bilganidan bir darakday tuyuladi. Vaholanki, yurtimizda qazib olinadigan yer osti boyliklarining 80 foizi shu viloyat ulushiga to‘g‘ri keladi.
Ayni vaqtda Zarafshon va Uchquduq tumanlarida oltin qazib olish sanoatlashgan usulda bajarilmoqda.
Shuningdek, soha mutaxassislarining geologik tadqiqotlari va qazilma ishlari natijasida Nurota tumanining Qoratog‘ tizmasi yon-bag‘rlarida ham oltin zaxirasi mavjudligi aniqlangan.
Biroq, oltin zarralarining 15-20 metr chuqurlikda joylashgani va sanoat usulida qazib olish o‘zini oqlamasligi hisob-kitob qilingan.
Shu bois Qoratog‘ tizmasi yaqinda joylashgan Qizilcha qishlog‘i aholisi oltin qazish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Bu tegishli qarorlarga ko‘ra qonunlashtirilmoqda.
– Qishlog‘imiz Qoratog‘ yon-bag‘rida joylashgan, – deydi Salom Bahriev. –Ko‘pchilik ishsiz. Shu bois tuproqdan oltin ajratishga vaqtimiz bemalol. Buning uchun qishloqdan chiqib, tog‘ o‘ngirlari yoniga borib, 15 metrcha qazilsa, turli o‘lchamdagi toshlar chiqadi.
Ularni maxsus uskunada maydalaymiz. Qo‘mday bo‘lib qolgan zarralarni suvda yuvib, o‘ziga xos usulda oltinni ajratib olamiz. Uni zargarlarga yoki zavodga olib borib, sotamiz.
Qayd etish kerakki, Navoiy viloyat mamlakatimizda hududiy jihatdan eng katta viloyat bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Viloyat o‘ziga xos tabiiy sharoitiga ko‘ra uch qismga bo‘linadi. Agarda viloyatning shimoli-g‘arbiy qismini bag‘rida ne-ne sir-sinoatlarni yashirib, yotgan Qizilqum cho‘li egallagan.
Janubi-sharqiy qismida Nurota tog‘ tizmalariga tegishli Qoratog‘, Oqtog‘ singari tog‘lar bo‘y cho‘zgan bo‘lsa, Zarafshon daryosi vohasining o‘rta qismida viloyatning dehqonchilik zonasi o‘rnashgan.