Trampdan yangi tashabbus! JSST isloh qilinishi kerak
Bundan avval Tramp Vashingtonning JSSTni moliyalashtirishni toʻxtatishi haqida maʼlum qilgan edi.
AQSH prezidenti Donald Tramp va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini (JSST) isloh qilish kerakligi haqida bir toʻxtamga kelishdi, dedi Oq uy vakili Jadd Dir jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Bundan avval Tramp Vashingtonning JSSTni moliyalashtirishni toʻxtatishi haqida maʼlum qilgan edi. Oq uy rahbari JSSTni koronavirus haqidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida bermaganlikda hamda epidemiyaning tarqalishi boʻyicha haqiqiy ahvolni jahon hamjamiyatiga toʻlaligicha yetkazmaganlikda ayblagan edi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, hozirgacha dunyo boʻyicha 2,8 million kishining koronavirusga chalingani aniqlangan. Ofatdan qurbon boʻlganlar soni ikki yuz ming kishiga yaqinlashib qoldi.