Tramp yangi ijtimoiy tarmoq ochmoqchi
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp ikki-uch oydan so‘ng o‘zining xususiy ijtimoiy tarmog‘ini ochmoqchi.
“Fox News” bu haqda Trampning maslahatchisi Jeyson Miller bergan ma’lumotga asoslanib axborot tarqatgan. Millerning aytishicha, bu o‘n millionlab foydalanuvchini birlashtirgan yirik ijtimoiy tarmoq bo‘ladi. Xabarda boshqa ma’lumotlarga aniqlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp o‘z fikrini bildirib borish uchun “Twitter”dan foydalangan va uning sahifasida 89 millionga yaqin obunachi bo‘lgan.