Tramp Turkiya va Xitoyga keladimi?
AQSH Prezidenti Donald Tramp 2026-yil Turkiya va Xitoyga kelishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, yil davomida xalqaro uchrashuvlar faol kechadi, sentabrda esa Xitoy Raisi Si Szinpinning AQSHga tashrifi kutilyapti.
AQSH yetakchisi juma kuni Merilend shtatidagi Endryus qo‘shma harbiy bazasida chiqish qilib, joriy yil davomida qator muhim xorijiy safarlar rejalashtirilganini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda. Davlat rahbari yaqinda Turkiyaga borishi hamda yil davomida yana bir bor Xitoyga safar qilishini ta’kidladi. Ushbu bayonot Qatar tomonidan sovg‘a qilingan, Prezidentning “Air Force One” aviatsiya parki tarkibiga kirishi kutilayotgan “Boeing 747” samolyotini ommaga tanishtirish marosimida berilgan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, shu yil sentabr oyida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin AQSHga boradi. So‘ngra Tramp Xitoyda bo‘lib o‘tadigan yirik xalqaro konferensiyada ishtirok uchun ushbu mamlakatga yo‘l oladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA