“Tramp tabrigi munosabatlarni jonlantirishga harakatdir”
AQSH Prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga “Quyosh kuni” munosabati bilan tabrik telegrammasini joʻnatdi.
AQSH Prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga “Quyosh kuni” munosabati bilan tabrik telegrammasini joʻnatdi. Yonhap agentligi bu haqda AQSH Prezidentining xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton bayonotiga tayanib xabar beradi.
“Quyosh kuni” 1912 yildan buyon nishonlanadi, shu kuni Kim Ir Sen tavallud topgan. “Tramp tabrigi Xanoydagi samarasiz sammitdan soʻng shimolliklarga yon bosish emas, munosabatlarni jonlantirishga harakatdir”, deydi Bolton bayonotda.