Tramp immigratsiyani ikki oyga toʻxtatadi
Donald Tramp immigratsiyani ikki oy muddatga vaqtinchalik toʻxtatish haqidagi farmonga imzo chekishini maʼlum qilgan edi.
Donald Tramp immigratsiyani ikki oy muddatga vaqtinchalik toʻxtatish haqidagi farmonga imzo chekishini maʼlum qilgan edi.
“Men AQSHga immigratsiyani toʻxtatish haqida farmonga imzo chekaman… Ushbu muddat 60 kunga choʻziladi, keyinchalik iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, men va guruhimdagi odamlar bilan uni uzaytirish yoki toʻxtatish zarurligini oʻrganib chiqamiz“, — dedi u matbuot anjumanida.
Uning aytishicha, ushbu cheklov AQSHga grin-karta orqali kelib doimiy yashamoqchi boʻlganlarga nisbatan joriy qilinadi.
Trampning taʼkidlashicha, ushbu chora amerikaliklarning ish oʻrinlarini saqlash uchun koʻrilmoqda. Chunki ular mamlakatda koronavirus keltirib chiqargan qiyinchiliklar tufayli ishsiz qolishi mumkin.
“Eng avvalo, biz amerikalik ishchilar haqida oʻylashimiz kerak“, — dedi prezident.
Donald Tramp ushbu qarorini bugun yana bir bor tasdiqladi.
“Bugun men mamlakatimizga immigratsiya qilishni taqiqlovchi farmonga imzo chekaman. Oʻzi, ushbu farmonsiz ham bizning janubiy chegaralarimiz juda ishonchli qoʻriqlanmoqda. Bunga 273, 5 kilometrlik yangi chegara devorlari hamda Meksikaning 27 ming askari yordam bermoqda“, — deb yozdi u Twitterdagi sahifasida.