Tramp: “Bag‘dod amerikaliklarning ketishini talab qilsa, Iroqqa qator sanksiyalar joriy etiladi
Pentagon rahbari Mark Esper AQShning Iroqdan chiqib ketish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.
Pentagon rahbari Mark Esper AQShning Iroqdan chiqib ketish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.
“Assoshieyted Press” xabarida qayd etilishicha, avvalroq, axborot manbalarida Iroqdagi amerikalik qo‘shinning brigada generali Uilyam Silning mahalliy hukumat talabi bilan qo‘shin mamlakatni tark etishi bo‘yicha maktubi e’lon qilingan.
“CNN” xabarida Esperning “Qoralama va imzolanmagan bu maktub e’lon qilinmasligi kerak edi”, degan so‘zlarini keltirgan.
Prezident Tramp Bag‘dod amerikaliklarning ketishini talab qilgudek bo‘lsa, Iroqqa ko‘p milliardli sanksiyalar bilan tahdid qilishini qayd etgan, deyiladi “RIA Novosti“ xabarida.