Toyloq tumanidagi shikastlangan transformator yangisiga almashtirilmoqda
Avval xabar qilganimizdek, Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi “Bog‘izag‘on” podstansiyasidagi transformatorda yuklamalarning ortishi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan edi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kechaning o‘zida mazkur yong‘in to‘liq bartaraf etildi. Hozirda shikastlangan 16 000 kVA transformator o‘rniga 20 000 kVA transformator keltirilib, o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
O‘zA