Toshkentda yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi
14 dekabr kuni kunduzi Toshkent shahri Sergeli tumanidagi «Do‘stlik-1» dahasida 47-yo‘nalish bo‘yicha harakatlangan Mercedes-Benz rusumli yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi.
Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 14 dekabr kuni soat 15:21da Toshkent shahar Sergeli tumani «Do‘stlik-1» dahasida 47-yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan Mercedes rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:25 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:34 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida avtobusning orqa salon qismi yonib, zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
O‘zA