Toshkentda yangi kinoteatr ish boshladi
Toshkent shahar Olmazor tumanida yangi – “Riviera” kinoteatri ish boshladi.
"O‘zbekkino" Milliy agentligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yangi yil boshida foydalanishga topshirilgan zamonaviy “Riviera” kinoteatrida tomoshabinlar uchun barcha qulaylik mavjud.
Kinoteatrning zallari xalqaro standartdagi Barco va Christie kinoproyektorlari hamda MAG va DOLBY tizimlari bilan jihozlangan.