Toshkentda yana mohir atletlar jam bo‘lmoqda
Joriy yilning 23-30 may kunlari poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqada 50 dan ortiq mamlakatdan ikki yuz ellikka yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Jazoir, Armaniston, Avstriya, Ozarbayjon, Bangladesh, Botsvana, Bolgariya, Belgiya, Kanada, Chili, Kolumbiya, Xorvatiya, Kuba, Ekvador, Ispaniya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Gruziya, Germaniya, Vengriya, Indoneziya, Hindiston, Marokash, Mongoliya, Moldova, Panama, Peru, Falastin, Polsha, Ruminiya, Rossiya, Niderlandiya, Slovakiya, Suriya, Turkmaniston, Tunis, Turkiya, BAA, Ukraina, Belarus, Saudiya Arabistoni, Gretsiya hamda O‘zbekiston terma jamoalari vakillari g‘oliblik uchun kurashadi.
Qayd etish lozim, ushbu musobaqada atletlar Tokio Olimpiadasi yo‘lida qimmatli reyting ochkolarini jamg‘arib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa musobaqa nufuzi hamda g‘oliblik uchun kurashning keskinligini oshirishi turgan gap.
Bugun esa poytaxtimizdagi “International hotel Tashkent” mehmonxonasida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-2498]
Muhammad AMIN(surat), O‘zA