Toshkentda ikki fuqaro marhum yaqinlaridanqolgan qurollarni ixtiyoriy ravishda topshirdi
Joriy yilning 1-iyulidan respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarning II-bosqichi doirasida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘qotar qurollarning noqonuniy muomalasining oldini olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi.
Natijada, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yashovchi 1981 y.t. fuqaro marhum otasi alohida istiqomat qilgan xonadonda aniqlangan 1 dona vintovka, 19 dona o‘qotar ov qurollari, 13 dona stvol va kolodkalar, 117 dona o‘q-dorilar hamda boshqa ikkilamchi ehtiyot qismlarni o‘z ixtiyori bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirdi.
DXX va IIVning poytaxt boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan boshqa tadbirda esa Mirobod tumanida yashovchi 1960 y.t. ayol ham marhum turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan 2 dona o‘qotar ov quroli va 181 dona o‘q-dorilarni ixtiyoriy ravishda topshirdi.
Hurmatli fuqarolar amaldagi qonunchilikka muvofiq, o‘qotar qurol va o‘q-dorilar hamda portlovchi moddalarni o‘z ixtiyori bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
O‘zA