Toshkentda “ART-hub Next Market” o‘z ishini boshlaydi
Joriy yilning 26 fevral kuni Toshkentda hunarmandlar, biznes va jamiyat vakillari o‘rtasida manfaatli va istiqbolli hamkorlik maydoniga aylanishi kutilayotgan “Next Market” loyihasi ishga tushiriladi.
Market O‘zbekiston yarmarkalari uchun yangi bo‘lgan «ART-xab» formatida bo‘lib o‘tadi. Loyiha qiziqarli ma’ruzalar, mahorat-darslari va san’atkorlar chiqishlarini o‘z ichiga oladi hamda mamlakatimizdagi art-industriya sohasida ishlaydigan dizaynerlar, hunarmandlar, musiqachilar, brend va kompaniyalar uchun qulay maydonchaga aylanadi.
Ishtirokchilar orasida — kompaniyalar va yakka tartibdagi hunarmandlar bor, ularning aksariyati market uchun yangi eksklyuziv kolleksiyalarni tayyorlamoqda. «ART-xab» kichik moda do‘konlari va shou-rumlar bilan tanishtiradi va yorqin asarlar yaratishdan qo‘rqmaydiganlar: kiyim va aksessuarlar dizaynerlari, kashtachilik, metall va yog‘och o‘ymakorligi ustalari, kulolchilar, rassomlar, illyustratorlar va musiqachilarning mualliflik ishlarini namoyish qiladi.
Marketning umumiy maydoni 400 kvadrat metrdan oshadi — u Next Mall savdo markazining uch qavatini va o‘zining barcha mehmonlariga joy yetarli bo‘lishi uchun ko‘chaning bir qismini egallaydi.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — nafaqat ishtirokchilarning faoliyatini tijoratlashtirish, balki ularni har tomonlama rivojlantirish va ilgari surish uchun raqobatbardosh maydon yaratishdan iborat.
«ART-xab» shuningdek, dunyoni yanada yaxshi qilishga yordam beruvchi va yosh auditoriyani jalb qiluvchi ijtimoiy, xayriya loyihalari hamda ko‘ngillilar harakatini qamrab oladi.
Mualliflar sopol va chinni buyumlar, zargarlik taqinchoqlari, kiyim-kechak va boshqa ko‘plab ijodiy qo‘l ishlarini taqdim etadi.
«ART-xab» Toshkent shahar hokimligi ko‘magida tashkil etildi.
O‘zA