Toshkentda antidoping qoidalari yuzasidan seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va Milliy paralimpiya qo‘mitalari tomonidan tasdiqlangan «2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlashda doping qo‘llanilishini oldini olish va dopingga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi dasturga muvofiq tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, ayni kunlarda poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tadigan Osiyo chempionati oldidan yurtimizga kelgan 21 davlatning 250 nafardan ortiq sportchilar uchun antidoping qoidabuzarlik turlari va doping- nazoratini amalga oshirish tartibi bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminar yakunida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi vakillari va tashkiliy qo‘mita a’zolari hamkorlik uchun o‘z minnatdorligini bildirdi va agentlik mutaxassislari mamlakatda halol sport targ‘ibotini amalga oshirishdagi samarali faoliyati uchun sertifikatlar bilan taqdirlandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA