Toshkentda 9 may munosabati bilan kino haftalik start oldi
Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan joriy yil 7-11 may kunlari 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan kino haftalik o‘tkaziladi.
Alisher Navoiy nomidagi Kinosaroyda kino haftalikning ochilish marosimi bo‘ldi.

Haftalikda Agentlik va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida rejissyor Shuhrat Mahmudov tomonidan suratga olingan “Matonat” hujjatli filmi va rejissyor Ali Hamroyev rahbarligida suratga olingan “Unutilmas qahramonlar” turkumidagi 8 ta hujjatli film namoyish etiladi.

Bugun Ikkinchi jahon urushi haqida hikoya qiluvchi "Matonat" filmining premerasi o‘tkazildi.

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA