Toshkentda 12 oktyabrdan isitish mavsumi boshlanadi
Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida 2021 yil 12 oktyabrdan ijtimoiy soha ob’ektlarining isitilishi boshlanadi, shunga ko‘ra, joriy yil 14 oktyabrdan ko‘p qavatli turar joy binolari muntazam isitishga o‘tkaziladi.
Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati