Toshkent viloyati jamoasi kubok sohibi
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tashkil topganligining 30 yilligiga bag‘ishlab, tashkilotning Namangan viloyati kengashiga qarashli sport majmuasida kord aviamodeli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 12 jamoadan iborat 72 nafar sportchi ishtirok etdi.
Yakuniy natijalariga ko‘ra, musobaqada Toshkent viloyati jamoasi faxrli birinchi, farg‘onalik sportchilar ikkinchi va Toshkent shahri jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlarga “Vatanparvar” tashkilotining esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari topshirildi.
[gallery-4678]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA