Toshkent viloyati hokimining telegram kanali ochildi
Toshkent viloyati hokimi, senator Rustam Xolmatovning ijtimoiy tarmoq – telegramda shaxsiy kanali ochildi.
Toshkent viloyati hokimi, senator Rustam Xolmatovning ijtimoiy tarmoq – telegramda shaxsiy kanali ochildi.
Viloyat hokimi R.Xolmatov shu munosabat bilan oʻz kanali obunachilariga quyidagicha murojaat yoʻlladi:
“Shuni mamnuniyat bilan Sizlarga maʼlum qilmoqchimanki, bundan buyon Toshkent viloyatining rahbari sifatidagi faoliyatim bilan ushbu shaxsiy telegram kanalim orqali batafsil tanishib borishingiz mumkin.
Viloyatimiz oʻzining katta salohiyati va keng imkoniyatlari bilan mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida salmoqli oʻrin tutadi.
Keyingi vaqtlarda barcha sohalarda amalga oshirayotgan saʼy-harakatlarimiz, amaliy ishlarimiz, islohotlarimizdan koʻzlangan asosiy maqsad – aholimizning turmush darajasini yaxshilash, viloyatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish orqali xalqimizni rozi qilishga qaratilganini eʼtirof etmoqchiman.
Barchangizga mustahkam sogʻlik, tinchlik-omonlik, oilaviy baxt va iqbol, xonadonlaringizga toʻkin-sochinlik, fayz-baraka tilash barobarida ushbu telegram kanalimiz orqali doimiy ravishda gʻoyibona diydorlashib turamiz, degan umiddaman”.