“Toshkent” suv omboriga sayyohat (+video)
Mamlakatimizda e’lon qilingan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi yoshlar hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari ishtirokida “Toshkent” suv omboriga ekskursiya uyushtirildi. Tadbir Suv xo‘jaligi vazirining yoshlar bilan ochiq muloqotida bildirilgan takliflardan kelib chiqib tashkil etildi. Shu kunlarda barcha viloyatlarda suvchi yoshlar va talabalarning yirik suv xo‘jaligi ob’ektlariga ekskursiyalari tashkil etilgan bo‘lib, maqsad ularni suvchilik kasbi bilan yaqindan tanishtirishdir.
Yoshlar “Toshkent” suv ombori bilan tanishish asnosida bu yerda «Suv omborlari sig‘imini aniqlashda zamonaviy uskunalarni qo‘llash» mavzusidagi seminarda ham qatnashdilar. Tadbir Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazildi. Unda zamonaviy ultratovushli uskunalar va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalangan holda suv omborlarida o‘lchash ishlarini olib borish haqida so‘z yuritildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Rgu1iQQBSlc" title="“Toshkent” suv omboriga sayyohat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>- Butun respublikada yirik gidrotexnik inshootlarga, asosan suv omborlariga talaba-yoshlarni, suv xo‘jaligi tizimidagi faol yoshlarning ekskursiyasini tashqil qilyapmiz, - deydi Suv xo‘jaligi vazirligi yoshlar yetakchisi Nodir Xudoyberdiyev. – Bugun Toshkent viloyatidagi “Toshkent” suv omboriga bevosita ekskursiya olib boryapmiz. Albatta bu tadbir talabalarga qiziq bo‘lyapti.
Tadbir davomida yuqori aniqlik va tezlikda ishlaydigan “Apache 3” uchuvchisiz gidrologik uskunasini ishlatish amaliy tarzda ko‘rsatib berildi. Yosh suvchilar va talabalarga ekskursiya manzur bo‘ldi.
Sanjar Toshpo‘latov, Anvar Ahmedov (video), O‘zA