“Toshkent open 2021” turniri qizg‘in pallada
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida o‘zbekistonlik birinchi xalqaro grossmeyster Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan an’anaviy “Toshkent open 2021” turniri qizg‘in pallaga kirdi.
Musobaqaning 6 turidan so‘ng, “A” guruhida peshqadamlar saralanib qoldi. Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shant Sargsyan, Tigran Xarutyunyanlar hisobida 5 tadan ochko bor. “B” guruhida Akbarali Abduhakimov yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Uning hisobida 6 ochko bor. 6 imkoniyatdan 5 ochko jamg‘ara olganlar safida Muhammadyusuf Muhsinov, Bexruz Umarov, Shaxrombek Karimovlar bor.
Xalqaro turnir g‘olib va sovrindorlari 22 avgust kuni ma’lum bo‘ladi.
[gallery-3528]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA