Toshkent ko‘chalari bo‘ylab retroavtomobillar kezadi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi turli bayram tadbirlarini o‘tkazadi.
4-7 may kunlari retroavtomobillar Toshkent ko‘chalari bo‘ylab yuradi. Ular jamoat joylarida to‘xtaydi. Harbiy ansambl va orkestrlar urush yillaridagi qo‘shiqlarni ijro etishadi.
4 may soat 14.00-17.00: Mudofaa vazirligi – 22- mikrorayon (Harbiy shaharcha) – Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘i – Hamid Olimjon maydoni –«Dinamo» maydoni – Irrigatsiya instituti –Bodomzor chorrahasi – G‘alaba bog‘i – Mudofaa vazirligi. To‘xtash joylari: Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘i va G‘alaba bog‘i.
5 may soat 10.00-15.00: Mudofaa vazirligi – Qurolli kuchlar Akademiyasi – Shimoliy vokzal – «Sirg‘ali» bozori. To‘xtash joylari: Shimoliy vokzal –«Sirg‘ali» bozori va «Ashxabod» istirohat bog‘i.
6 may soat 14.00-19.00: Mudofaa vazirligi– Ekobozor –«Megaplanet», Ahmad Donish ko‘chasi – «Korzinka» savdo markazi, Yunusobod ko‘chasi – Mudofaa vazirligi. To‘xtash joylari: Ekobozor, «Megaplanet» va «Korzinka» savdo markazi.
7 may 10.00-17.00: Mudofaa vazirligi – “Toshkent siti" – «Xalqlar do‘stligi»san’at saroyi – «Chilonzor» dehqon bozori – Mudofaa vazirligi. To‘xtash joylari: "Toshkent siti", «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi va «Chilonzor» dehqon bozori.
O‘zA va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti hamkorligida tayyorlandi.