“Toshkent” klubining yosh xokkeychilari
Poytaxtimizda “Toshkent” bolalar xokkey klubi faoliyat olib borayotganiga endigina bir yil bo‘ldi.
Hali biror turnirda ishtirok etmagan bo‘lsada, karantin qoidalariga amal qilingan holda guruhlaridagi 40 nafar yosh xokkeychi haftasiga 4 marotaba maroq bilan mashg‘ulotlarga qatnaydi. “Anxor-Lokomotiv” parkidagi muz saroyida shug‘ullanayotgan bolalar orasida 9 yoshli Samira Mixaylikova ham bor. U o‘g‘il bolalar bilan tengma-teng mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
[gallery-140]
Murabbiy Sarvar Asqarxo‘jayevning aytishiga qaraganda, bolalarda xokkeyga bo‘lgan ishtiyoq kuchli. Jamoa asosan, 8-13 yoshlilardan iborat. Toshkentda bolalar xokkey klublari bir nechta. Yaqin orada ular o‘rtasida musobaqalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. O‘shanda “Toshkent” klubining yosh xokkeychilari nimalarga qodir ekanliklarini namoyon eta olishsa, ajab emas.
Hozircha esa mashg‘ulotlar davom ettirilmoqda.
Muhammad AMIN(surat), O‘zA