Toshkent anjumani dunyo OAV nigohida
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan yuqori darajadagi xalqaro konferensiyani Rossiyaning “TASS” axborot agentligi ham keng yoritib boryapti.
Agentlik, jumladan, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiyning ushbu so‘zlarini qayd etgan: Afg‘oniston barcha qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi munosabat o‘rnatishni xohlaydi. Xalqaro hamjamiyatga bergan va’damizni bajarish uchun bor imkoniyatni ishga solyapmiz.
“TASS” yana bir xabarida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning xalqaro anjuman ishtirokchilariga murojaaatidan quyidagi parchani keltirgan:
- Birlashgan milliatlar tashkiloti tinchlikni ta’minlash, gumanitar yordam ko‘rsatish, barqaror rivojlanishni qo‘llab quvvatlash va inson huquqini himoya qilish bo‘yicha Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishda davom etadi.
Shuningdek, xabarda O‘zbekiston hukumatining Afg‘oniston yangi hukumatini terrorchi tashkilotlar bilan aloqani uzishga chaqirganini alohida ta’kidlagan.
S.Rahimov,O‘zA