Tomorqada yetishtirilgan kannabis fosh etildi
Toshkent viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Toshkent tumanida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida “Shirin” MFYda yashovchi 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.R daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, ushbu shaxs yashash xonadonida 6 kilogramm marixuana (quruq va ho‘l holatdagi) giyohvandlik vositasini saqlab, 36 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab, yetishtirib kelgan. Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
A.Musayev,O‘zA.