Tomas Bax XOQ prezidentligida qoladimi?
2013 yildan beri XOQni boshqarib kelayotgan germaniyalik Tomas Bax Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbarligi uchun o‘tkaziladigan saylovda ishtirok etmaydi.
Bu haqda Bax jurnalistlarga bergan intervyusida bildirib o‘tgan.
-Yaqinlarim bilan maslahatlashgan holda vakolat muddatimni uzaytirishga hojat yo‘q degan qarorga keldim, - dedi Tomas Bax.
Eslatib o‘tamiz, XOQ prezidentligi uchun saylov 2025 yilning mart oyida bo‘lib o‘tadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA