To‘lanmagan qarz uchun "Tracker" xatlandi
So‘nggi yillarda yurtimizda kredit ajratish tizimi soddalashtirildi. Natijada ko‘plab fuqarolar banklardan ortiqcha ovoragarchiliklarsiz kredit olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatiga ega bo‘lmoqda. Ammo ularning orasida buni suiiste’mol qiladiganlar ham uchrab turibdi.
Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan "Ind.M." MCHJdan AT “Xalq banki” Sergeli filiali foydasiga 192 million 885 ming 139 so‘m kredit qarzini undirish bo‘yicha hujjat Yangihayot tuman bo‘limi davlat ijrochisi B.Hayitov ish yurituviga kelib tushgan.
Sud hujjatiga ko‘ra, undiruvni jamiyat tomonidan garovga qo‘yilgan mulkka qaratish belgilangan.
Jumladan, 2019 yilda ishlab chiqarilgan “Tracker” avtotransport vositasi tegishli tartibda elektron onlayn-auksion orqali sotilib, savdolardan tushgan pul AT “Xalq banki”ning Sergeli filiali foydasiga o‘tkazib berildi.
Nasiba Elibekova, O‘zA