To‘lanmagan kredit qarzdorga qimmatga tushdi
Qo‘ng‘irot tumanlararo iqtisodiy sudi, qarzdor korxonadan AT Xalq banki foydasiga 24 million 933,3 ming so‘m asosiy kredit qarzi va 1,8 million so‘m muddati o‘tgan qarz va pochta xarajatini undirish bo‘yicha ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atgan. Mazkur ish bo‘yicha qarzdor tanishtirilib, unga ogohlantirish ham beriladi.
Lekin qarzdor tomon sud qarori talablarini ixtiyoriy muddatda bajarmaydi. Natijada jamiyatga tegishli bo‘lgan “Gentra” rusumli avtotransport vositasi xatlanadi.
Shundan so‘ng qarzdor mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan jami ko‘rsatilgan 26 million 761 ming 780,83 so‘m kredit qarzdorligi, byuroning tuman bo‘limi depozit hisob raqamiga to‘lanib, shu kunning o‘zida undiruvchi bankning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
Mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunining 41-moddasiga asosan tamomlandi.
Maftuna Karimova, O‘zA