Tokioda elektr uzilishi tufayli temir yo‘l qatnovi to‘xtab qoldi (+video)
Bugun dunyoning turli burchaklarida bir qator muhim voqealar sodir bo‘ldi. Siyosatdan favqulodda hodisalargacha bo‘lgan yangiliklarni e’tiboringizga havola qilamiz.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/G8hAikWobwU" title="Tokioda elektr uzilishi tufayli temir yoʻl qatnovi toʻxtab qoldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>AQSH-Meksika chegarasidagi xavfsizlik
AQSH Davlat departamenti Meksika chegarasida xavfsizlik borasida erishilayotgan natijalarni keskin tanqid qildi. Rasmiy bayonotda noqonuniy migratsiya, giyohvand moddalar savdosi va qurolli jinoiy guruhlar faoliyatiga qarshi choralar «qoniqarli emas» deb baholandi. Vashington Meksika hukumatidan aniq va tezkor natijalar kutmoqda.
Janubiy Koreya – Gangnam qishlog‘ida yong‘in
Seulning Gangnam tumanidagi Guryong qishlog‘ida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. 47 nafar aholi evakuatsiya qilindi, halok yoki jarohat olganlar yo‘q. Hodisa to‘liq nazoratga olingan va sabablar o‘rganilmoqda.
Yamanda yangi bosh vazir
Yaman Prezidenti rahbarlik kengashi qaroriga ko‘ra, tashqi ishlar vaziri Shayya Mohsen al-Zindaniy mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinlandi. Yangi rahbar oldida iqtisodiy inqirozni yumshatish va xalqaro hamjamiyat bilan munosabatlarni faollashtirish vazifalari turibdi.
Tokioda elektr uzilishi
Tokioda elektr ta’minotida uzilish yuz berdi, Yamanote va Keyhin-Toxoku halqa temir yo‘llarida qatnov vaqtincha to‘xtatildi. Minglab yo‘lovchilar poyezdlardan tushirildi, ayrimlari relslar bo‘ylab piyoda harakatlanishga majbur bo‘ldi.
HSBC Singapurdagi sug‘urta bo‘limini qayta ko‘rib chiqmoqda
Global moliya guruhi, Gonkong va Shanxay bank korporatsiyasi Singapurdagi hayot va sog‘liqni sug‘urtalash bo‘limi faoliyatini tizimli qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Bu bankning global strategiyasi va samaradorlikni oshirishga qaratilgan.
Rossiya – Novosibirsk yaqinida halokat
16 yanvar kuni Novosibirsk yaqinida Chuy yo‘lida Toyota rusumli avtomobil haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqdi. 66 yoshli haydovchi voqea joyida vafot etdi.
Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev, O‘zA