“Tokio-2020” Olimpiada mash’alasining yo‘lga chiqdi
Yaponiyaning Fukusima prefekturasida “Tokio-2020” Olimpiada mash’alasining estafetasi boshlandi.
“J-Village” stadionida start olgan mash’ala estafetasini 2006-2016 yillar davomida futbol bo‘yicha Yaponiya ayollar terma jamoasi sharafini himoya qilgan Azusa Ivasamidzu boshlab berdi. Estafeta 121 kun davom etadi va ushbu muddat orasida Yaponiyaning barcha prefekturalaridan olib o‘tiladi. Shundan so‘ng mash’ala 23 iyul kuni Tokiodagi Olimpiya stadioniga olib kiriladi va 8 iyul yopilish marosimigacha alanga oladi.
Eslatib o‘tamiz, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari o‘tgan yilning 24 iyul – 9 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Koronavirus pandemiyasi sabab O‘yinlar joriy yilning 23 iyul – 8 avgust kunlariga qoldirilgan.