Tojikistonning eksport ko‘rsatkichlari oshmoqda
Tojikiston o‘tgan yarim yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish ko‘rsatkichlarini keskin oshirdi.
Bu haqda Tojikiston hukumati huzuridagi eksport bo‘yicha agentlik direktori Shavkat Bobozoda matbuot anjumanida ma’lum qildi, deyiladi Rossiyaning Sputnik yangiliklar agentligi tarqatgan xabarda.
Shavkat Bobozodaning ma’lumot berishicha, 2021 yilning o‘tgan olti oyi mobaynida mamlakat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti orqali bir milliard dollardan ziyod daromad olgan. Bu 2020 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 88 foizga ko‘pdir.
Respublika ushbu turda jami 106 ming tonna mahsulot eksport qilgan. Ularning 85 ming tonnasi sabzavot mahsulotlari hisoblanadi. Tojikiston shuningdek, ko‘p miqdorda quruq mevalarni ham eksportga chiqargan.