Tojikistonga oid prognozlar tashvishli
Markaziy Osiyoda koronavirus tarqalishi borasida turli faraz va taxminlar ilgari surilayapti.
Markaziy Osiyoda koronavirus tarqalishi borasida turli faraz va taxminlar ilgari surilayapti. Turkmaniston infeksiya umuman yoʻqligini aytishda sobit. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Turkmanistonga safari mazkur mamlakat rasmiylari tomonidan taklif boʻlmagani uchun bekor qilindi.
Tashkilot ekspertlari Markaziy Osiyodagi ikki mamlakat – hududida koronavirusga chalinganlar yoʻqligini iddao qilayotgan Turkmaniston va Tojikistonga kelishi kerak edi. 30-aprel kuni tojik rasmiylari mamlakatda COVID-19 mavjudligini tasdiqlashdi, 1-may kuni esa u yoqqa xalqaro tashkilot vakillari yoʻl oldi. Turkmanistonga tashrif esa amalga oshmay qoldi.
Qozogʻiston va Qirgʻizistonda bemorlar soni oʻsishda davom etmoqda.
Jahon bankining Tojikistonda koronavirus tarqalish ehtimollari tahlil qilingan hisoboti esa vahimalarni oshirib yubordi. Unda keltirilishicha, mamlakatda COVID-19 infeksiyasini yuqtirganlar soni 72 000 nafardan 230 500 nafargacha boʻlishi va ularning aksariyati kasallikning ogʻir holatiga tushishi mumkin.
Hisobot Jahon bankining Tojikistonda COVID-19 epidemiyasiga qarshi favqulodda vaziyatlarda harakat qilish loyihasi asosida tayyorlangan.
Hisobotda keltirilishicha, Tojikistonda koronavirus yuqtirgan 13 600 nafardan 43 500 nafargacha boʻlgan bemorlar jonlantirish boʻlimiga yotqizilishi mumkin. 6 600 nafardan 21 000 nafargacha bemor virus keltirib chiqaradigan kasallik tufayli vafot etishi taxmin qilingan.
Loyihada Jahon banki Tojikiston hukumatiga aholini koronavirus talafotlaridan asrash uchun dori-darmonlarsiz kurashda qator tavsiyalarni ilgari surdi: COVID-19ga chalinganda uyda oʻz oʻzini yakkalash; uyda ixtiyoriy karantinda oʻtirish; aholi uchun ijtimoiy masofa joriy etish; eng zaif guruh – 70 yoshdan oshgan keksalarning uydan mutlaqo chiqmasligini taʼminlash; maktab, bogʻchalar hamda oʻrta va oliy taʼlim muassasalarini vaqtincha yopish.
Hukumat tomonidan turli karantin choralarining joriy qilinishi infeksiya keng tarqalishi oldini oladi hamda kasallikka chalinganlarning oʻta ogʻir holatga tushishi va oʻlim holatlarini 49 foizga kamaytiradi. 70 yoshdan oshgan odamlar uydan chiqmasligi, boshqalarning ham ixtiyoriy karantinda oʻtirishi virus keskin tarqalishining oldini olishi jahon tajribasida isbotlangan. Tojikiston ham shuning uchun karantin choralarini qoʻllashi kerak.
“Tojikistonda koronavirusning ogʻir turi bilan kasallanish va u tufayli sodir boʻladigan oʻlimning ehtimoliy soniga kelsak, hukumat tomonidan karantin choralari joriy qilinishi oʻlim sonini ikki-uch barobargacha kamaytirishi mumkin”, deyilgan Jahon banki tahlilchilari xulosasida. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki direktorlar kengashi 2020-yil aprel oyi boshida xalqaro rivojlanish uyushmasi mablagʻlari hisobidan Tojikistonga 11,3 million AQSH dollari miqdorida grant ajratishni maʼqullagandi.
Tojikiston rasmiylari mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bogʻliq ilk holatni 30-aprel kuni, mamlakat Bosh vaziri Qahhor Rasulzoda raisligida oʻtgan koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha respublika komissiyasining favqulodda yigʻilishida maʼlum qildi.
Mamlakat Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi maʼlumotida keltirilishicha, 5-may holatiga koʻra mamlakatda koronavirusga chalingan 230 nafar bemor qayd etilgan, 3 kishi vafot etgan. Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, 1-fevraldan 30-aprelgacha Tojikistonda 10 937 nafar tojikistonlik va xorijlik shaxslar karantinga olingan.
1-may kuni Tojikistonga Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislaridan iborat guruh kelishi xabar qilingandi. Aslida bu tashrif ancha oldin rejalashtirilgan edi. JSST guruhi Tojikistonda koronavirusga chalinish holatlari bor yoki yoʻqligini tekshirishni maqsad qilgandi.
30-aprel kuni delegatsiya yetib kelmasidan oldin Tojikistonda 15 nafar fuqaro koronavirusga chalingani eʼlon qilindi. Bu esa Tojikiston hukumati va Sogʻliqni saqlash vazirligi shu paytgacha nafaqat oʻz aholisiga, balki xalqaro tashkilotlarga ham mamlakatda koronavirus tarqalishi boʻyicha notoʻgʻri maʼlumot berib kelgan, degan turli shubha va gumonlarni keltirib chiqardi. Jahon banki prognozlarining bu qadar “qoʻrqinchli” tus olishi ham shu bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bungacha Tojikiston kasalxonalarida karantinda boʻlib, vafot etgan kishilarning oʻlim sabablari koʻproq zotiljam, ayrim hollarda yurak kasalligi yoki sil tufayli deb izohlangan.
Tojikiston Prezidenti koronavirusga qarshi tadbirlar oʻtkazish sharoitida aholining odatdagi hayotini taʼminlashni taʼkidladi, oziq-ovqat bozorlarini qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan toʻldirishni tayinladi. Ayni paytda Emomali Rahmon Prezidentning zaxira fondidan uch oy davomida tibbiyot xodimlariga qoʻshimcha haq berish uchun 12, 4 million somoniy (1,4 million AQSH dollari) ajratgan.

Bundan tashqari, Tojikiston Prezidenti oʻzining bir oylik maoshini respublikada pandemiyaning oldini olish uchun berishga qaror qildi. Prezidentdan soʻng mamlakat ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda va vazirlikning boshqa masʼullari oylik maoshlaridan yarmini COVID-19 pandemiyasi oldini olish uchun ajratgan. Ayni paytda tadbirkorlar, faollar koronavirusga qarshi kurashga qoʻshilishgan. Nafaqat mahalliy aholi, balki Rossiyada ishlayotgan tojikistonlik muhojirlar va chet elda oʻqiyotgan talabalar ham mablagʻ yuborishayotgani xabar qilinmoqda.
Hozirda pandemiyaga qarshi kurash choralari yana-da kuchaytirilgan. Dushanbe, Xoʻjand, Boxtar, Tursunzoda va mamlakatning boshqa shaharlari, tumanlar markazlaridagi gavjum joylar dezinfeksiya qilinmoqda, aholi orasida tushuntirish ishlari avj oldirildi. Mamlakatda maktab va bogʻchalar yopilgach, oliy taʼlim muassasalarida ham darslar toʻxtatildi. Faqat bitiruvchi kurslar 15-maygacha shoshilinch imtihon topshiradi. Oziq-ovqat bozorlaridan tashqari kiyim-kechak, qurilish ashyolari bilan savdo qilinadigan bozorlar yopildi. Koʻchalarda odamlar siyraklashgan. Lekin ishlab chiqarish korxonalari faoliyati davom etmoqda.
Tojikiston iqtisodiy taraqqiyot vazirining muovini Ashurboy Solehzoda bu borada soʻzlay turib, mamlakatda umumiy karantin eʼlon qilishga hojat yoʻqligini aytdi. Chunki koronavirus munosabati bilan favqulodda holat eʼlon qilish iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda ham salbiy oqibatlarga olib keldi. Agar Tojikistonda karantin eʼlon qilinib ishlab chiqarish toʻxtasa, aholini birlamchi ehtiyoj mahsulotlari, jumladan, non, un, guruch bilan taʼminlash qiyinlashishi mumkinligi ehtimoli bor.
Solehzodaning aytishicha, buning ustiga koʻpchilik ish joyini yoʻqotadi va ularning hammasiga ijtimoiy yordam berish imkoni yoʻq.
Ayni paytda koronavirus alomatlari sezilgan bemorlar uchun yangi binolar boʻshatilmoqda. Dushanbeda shahar meri (ham parlament raisi) Rustam Emomali tashabbusi bilan 3 ming kishilik, barcha zamonaviy sharoitlarga ega, malakali tibbiyot xodimlari ishlaydigan muvaqqat kasalxona bunyod etishga qaror qilindi.

Shu bilan birga Tojikistonga mamlakat hukumati iltimosi bilan kelgan JSST tahlilchilari va epidemiologlardan iborat guruh ish olib bormoqda. JSST xodimlari tojikistonlik mutaxassislar bilan birga mamlakatdagi yangi koronavirusga oid vaziyatni oʻrganishi, uni aniqlash va oldini olishda yordam berishlari kutilmoqda.