Tojikiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining telefon muloqoti
Tojikiston va Qirg‘iziston Prezidentlari Emomali Rahmon va Sadir Japarov shanba kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi umumiy chegaralarini demilitarizatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar jarayonini faollashtirish tarafdori ekanini tasdiqladi. Bu haqda Tojikiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Tomonlar tojik-qirg‘iz ikki tomonlama kun tartibidagi barcha dolzarb masalalarni hal etishda konstruktiv yondashish va davlat chegaralarini demilitarizatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiya doirasida muzokaralar jarayonini faollashtirishga sodiq ekanliklarini tasdiqlashdi”, deyiladi xabarda.
Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, shu kungacha chegara chizig‘ining 100 kilometriga yaqinining tavsiflash ishlari yakunlandi. Kelishilgan chegara chizig‘i 625 kilometr yoki umumiy uzunligining 63 foizini tashkil etadi.
O‘zA