To‘fon Polsha shaharlariga ham ta’sir qildi
Yevropada kuzatilgan suv toshqini Polshaning bir necha shahriga ta’sir ko‘rsatdi, deb yozgan “RIA Novosti” agentligi.
G‘ayritabiiy kuchli yomg‘ir tufayli ushbu mamlakat janubida daryolar o‘zanidan chiqqan, aholi manzillari suv ostida qolib, odamlar ko‘chirilmoqda. Qurbonlar ham borligi ta’kidlangan.
Vazirlar Mahkamasi toshqindan zarar ko‘rgan hududlarda tabiiy ofat rejimini joriy qildi.
– Shahrimizni, deyarli, butunlay suv bosdi, kechasi Bobr daryosi qirg‘oqdan toshdi, to‘siqlar suv hajmiga bardosh berolmayapti, – deydi bir fuqaro. – Hozir Qunduz daryosi sathi 750 santimetr, favqulodda holat darajasi esa 400 santimetr.
Shahar aholisi qiyin ahvolda qolgan, evakuatsiya davom etyapti. Binobarin, hammayam uyini tark etishga rozi emas. Suv ko‘chalarni bosgan, binolarning birinchi qavati butunlay to‘lgan. Qutqaruvchilar aholiga ko‘chishni taklif qilyapti. Ko‘pchilik mulkidan xavotirlanib, yuqori qavatlarda toshqin tugashini kutishni afzal bilyapti.