Toʻra Bobolovning sogʻligi qanday?
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolovni vafot etdi mazmunida asossiz yolgʻon xabar tarqatildi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolovni vafot etdi mazmunida asossiz yolgʻon xabar tarqatildi.
Viloyat hokimligidan OʻzAga maʼlum qilishlaricha T.Bobolov ayni paytda Toshkent shahrida davolanmoqda. Ahvoli yaxshi. Barcha muolajalar belgilangan standartlar asosida olib borilmoqda. Viloyat rahbari yaqin kunlarda oʻz ish faoliyatini boshlaydi.
Ayrim fuqarolar tomonidan koronavirus vahimasi ostida tarqatilayotgan bu kabi tasdiqlanmagan xabar va turli mish-mishlarga, yolgʻon axborotlarga ishonmaslikni soʻraymiz. Shuningdek, asossiz maʼlumot, axborot tarqatish tegishli javobgarlikka olib kelishini eslatib oʻtamiz.