Tinimsiz mashg‘ulotlar samarasi
O‘zbekiston U-shu federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi seksiyalari mashg‘ulotlarida besh yuzga yaqin o‘g‘il-qiz sportning ushbu turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
Ular ikki yo‘nalish san-choo‘ – yakkama-yakka kurashish, tao-lo‘ – kompleks gimnastik mashg‘ulotlardan saboq olayotir. 2014-yil ushbu sport turi o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida Ajiniyoz Pardaboyev, Nursulton Qosbotirov, Suluvxon Rajapova kabi qoraqalpog‘istonlik yoshlar ham g‘oliblar safidan joy oldi.