Tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lsin
Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Xonsaroy” tantanalar uyida iftorlik dasturxoni yozildi. Unda tumandagi diniy ulamolar, keng jamoatchilik vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar qatnashdi.
To‘planganlar Prezidentimiz tomonidan mustaqilligimizni mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan ezgu ishlar, yurtimizda muqaddas dinimiz sofligini saqlash borasida olib borilayotgan amallar haqida fikr almashdi.
[gallery-11424]
– Davlatimiz rahbari tomonidan muqaddas dinimizni tiklash, uning pokligini saqlash, jamiyatimizda diniy bag‘rikenglik, millatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini qaror toptirishda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini barchamiz yaxshi bilamiz, – deydi Mir Hurd Vobkandiy jome’ masjidi imom xatibi Qurbon Shukrullayev.
Tadbirda Qur’on oyatlari o‘qilib, O‘zbekiston zaminida el farovonligi yo‘lida xizmat qilib o‘tganlar haqiga, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lishini, xonadonlarimizda hamisha tinchlik hukm bo‘lishini tilab duolar qilindi.
Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA