Tilimi tilni yorar qovunlar
Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanidagi “Uchuy” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi aholi polizchilikda yaxshi tajriba toʻplagan.
Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanidagi “Uchuy” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi aholi polizchilikda yaxshi tajriba toʻplagan. Sohibkorlar ayni kunlarda xalqimiz dasturxoniga tilimi tilni yorar qovun va tarvuzlarni tortiq etmoqda.
Shamsiddin Yigitaliyev hududdagi maktabda ona tili va adabiyot fanidan dars berish bilan birga boʻsh vaqtlarida dehqonchilik bilan shugʻullanadi. U joriy mavsumda 20 sotix yer maydonida qovunning “Obi navvot”, “Koʻkcha” navlarini yetishtirdi.
–Qovunning xususiyatlari beqiyos, - deydi Sh.Yigitaliyev. – Uning tarkibida foydali vitaminlar va boshqa elementlar koʻp. Bu esa qovun nafaqat oziq-ovqat mahsuloti, ayni paytda shifobaxsh neʼmat ekanligidan dalolatdir. Uni yetishtirishda deyarli oʻgʻit ishlatmaymiz. Shu boisekologik toza va totli qovunlar bozorda ham xaridorgir. Shuningdek, ekin maydonimizga bulgʻor qalampiri ham ekkanmiz.