Til sofligiga har birimiz mas’ulmiz (+video)
Har bir millat o‘z ona tilining taraqqiyoti haqida qayg‘urmasa, u til bora-bora iste’moldan chiqib ketadi, ya’ni uning o‘rnini boshqa tillar egallaydi. Shuning uchun ham har bir millat o‘z ona tilini qadrlashi, uning rivojiga hissa qo‘shishi lozim.
Buyuk bobomiz Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hazratlari tomonidan yuzlab shevalar ichidan tanlab olingan va adabiy til darajasiga ko‘tarilgan, ko‘plar o‘rganishni, gapirishni havas qiladigan ona tilimizni ichki va tashqi tajovuzlardan himoya qilishimiz, uning sofligi uchun har birimiz mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz kerak.
Har birimiz o‘z nutqimizda imkon qadar o‘zbek tilining grammatik, morfologik, fonetik qonuniyatlariga rioya qilishimiz, o‘zbek tilida qo‘llaniladigan serjilo so‘zlar va iboralarni ishlatishimiz, ular yordamida go‘zal ifodalar yaratishimiz, ta’sirchan, rang-barang nutq irod qila olishimiz lozim. Ana shunda tilimiz ham, nutqimiz ham taraqqiy etadi, mukammallik sari yuz tutadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/fjdkmDJqTMk?si=fdaggVPtMfPSrL4e" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev(video), O‘zA