Tibbiyot xodimlarining mehnati e’tirof etildi
Yurtimizning barcha hududlarilarida bo‘lgani kabi Andijon viloyatining tuman va shaharlarida ham tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlanmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan Xonabod shahar hokimi Mash’albek Tajibayev boshchiligida sektor rahbarlari shaharda tibbiyot tizimida faoliyatini olib borayotgan mehnat jamoalari vakillari bilan uchrashdi. Jumladan, sektor rahbarlari shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasining barcha bo‘limlarida bo‘ldi, tibbiyot xodimlari bilan muloqotldar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, tibbiy muassasalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtioiy muhofazasini kuchaytirish, ular uchun qulay ish sharoitlari yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Ayni kunda 45 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilayotgan Xonabod shahrida 120 dan ortiq o‘rinli Markaziy shifoxona, uning bo‘limlari, shuningdek, 3 ta oilaviy shifokorlik punkti, 1 ta oilaviy poliklinika hamda ambulator va statsionar davolash imkoniga ega 250 o‘rinli 10 dan ortiq xususiy tibbiy muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Uchrashuv va muloqotlarda tibbiyot xodimlarining mas’uliyatli mehnatlari alohida e’tirof etilib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (foto), O‘zA