Tibbiyot chiqindilarini bartaraf etishda yangi loyiha
Bugungi kunda tibbiyot chiqindilarini qayta ishlash eng dolzarb masalalardan biridir. Binobarin, Prezidentimizning 2023 yil 31 maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ham bu borada muhim vazifalar belgilangan.
Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda yurtimizga amaliy tashrif bilan kelgan Amerikaning “Sayar LLC” kompaniyasi delegatsiyasi vakillari o‘rtasidagi muloqotda ham tibbiyot chiqindilarini bartaraf etishdagi muammolar yuzasidan fikrlar aytildi. Tashrif davomida, xorijiy kompaniya delegatsiyasi a’zolari viloyatdagi qator tibbiyot muassasalar, shu jumladan, Yangi Namangan tumanida joylashgan “Oydin shifo” xususiy klinikasida bo‘lib, tibbiyot chiqindilarining saqlanishi, tarkibi, miqdori va holati bilan tanishdi.
[gallery-13542]
Uchrashuvda kompaniya vakili Aleksandr Flayks o‘zaro manfaatli takliflarni o‘rganib chiqishga hamda har tomonlama ko‘mak berishga tayyor ekanligini bildirdi. Chet ellik hamkor tibbiyot chiqindilarini termik usulda bartaraf etish orqali issiqlik energiyasi ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishtirdi.
Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat),
O‘zA muxbirlari