Tibbiy sug‘urta tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Joriy 2023 yilning 1 iyulidan boshlab Toshkent shahrida tibbiy sug‘urta tizimi amal qila boshlaydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda bunday tizimning yo‘lga qo‘yish uchun Toshkent shahri va Navoiy viloyatida barcha zurur sharoitlar muhayyo.
Bir oy muddatda tegishli hujjatlar ishlab chiqiladi.
Poytaxtdagi 72 ta oilaviy poliklinika va 40 ta kasalxonani kompyuter va zarur texnik vositalar bilan ta’minlash uchun 30 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Loyiha doirasi poytaxt tibbiyot maskanlari to‘liq raqamlashtiriladi. Natijada har bir mijoz qachon, qayerda va qanday davolanishi to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
O‘zA