"The Athletic" nashri Abduqodir Husanovni Krishtianu Ronalduning o‘zbekcha varianti deb atadi
O'zbekistonning Jahon chempionatidagi yaxshi ishtiroki va g‘alabalari "Manchester Siti"ning 22 yoshli futbolchisining zimmasida.
Nufuzli "The Athletic" nashri O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanovni Krishtianu Ronalduga taqqosladi.
"Abduqodir Husanov - Krishtianu Ronalduning o‘zbekcha muqobil varianti. O‘zbekistonda "The Athletic"bilan muloqot qiladigan har bir inson Husanovni taniydi, u futbolga qiziqadimi yoki yo‘qmi buning ahamiyati yo‘q. Uning yuzi allaqachon katta reklama bannerlarida ko‘rinishni boshlagan. Uning shaxsiy hayotidagi muhim voqealar esa milliy yangiliklarda paydo bo‘lmoqda. O'zbekistonning Jahon chempionatidagi yaxshi ishtiroki va g‘alabalari "Manchester Siti"ning 22 yoshli futbolchisining zimmasida", - deb yozilgan nashrda.
Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov joriy mavsumda umumiy 29ta uchrashuvda maydonga tushdi.