Texnikumda o‘qish bilan birga kasb-hunar o‘rgatiladi
Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumida dual ta’lim joriy etilgan.
Talabalar amaliy mashg‘ulotlari tashkil etilib, ularning korxonalarda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilishi ta’minlanmoqda.

Dual ta’lim tizimi yoshlarning kasbiy malakasini oshirish, ularni mehnat bozoriga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat rahbarining tashabbusi bilan bu yo‘nalishda o‘quv muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik yanada kuchaytirilgan.


Texnikum avgust, sentyabr oylarida dual ta’lim shakli bo‘yicha neft va gaz sohasida faoliyat yuritayotgan oltita yirik korxona va tashkilot bilan shartnomalar imzolagan. Oktyabr, noyabr oylarida yana 4 ta yirik soha korxonalari bilan shartnoma imzolanadi.
Zarif Komilov,
O‘zA muxbiri