Test sinovlari yakunlari e’lon qilindi (+video)
2024-2025 o‘quv yili uchun ta’lim tashkilotlariga kirish test sinovlarining dastlabki yakuniy natijalari e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, test sinovlarida ishtirok etgan 740 352 nafar abituriyentlarning 418 000 nafardan ortig‘i 56,7 dan yuqori ball to‘plab, tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan.
Shundan 321 ming nafardan ortiq abituriyent 56,7 dan past ball to‘plagani bois bu huquqni qo‘lga kirita olmagan.
210 nafar abituriyentlar 189,0 va undan yuqori ball to‘plab, ular orasida eng yuqori ko‘rsatkich 217,4 ballni tashkil etgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/A5Diqtte3t8" title="Test sinovlari yakunlari eʼlon qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, A.Sodiqov, U.To‘xtayev (video), O‘zA