Test sinovlari hamda yangi oʻquv yilini boshlash oldidan kerakli topshiriqlar olindi
Oʻquv yili yaqinlashib kelmoqda, xoʻp uni qachon va qanday boshlaymiz? Bu borada dunyo davlatlari qanday qarorlar qabul qilmoqda, qanday yoʻl tutmoqda?
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov:
– Prezidentimiz oʻtkazgan yigʻilishda ikkita juda muhim masala muhokama qilindi. Birinchisi, oliy taʼlim muassasalariga boʻladigan test imtihonlarini qachon va qanday shakldan oʻtkazish? Hozirda pandemiya davom etib, karantin cheklovlari amalda boʻlib turgan bir vaqtda odamlarga zarar keltirmasdan, ularga sharoit yaratish, buni tashkil qilish boʻyicha asosiy topshiriqlarni oldik.
Ikkinchisi vazifamiz – yangi oʻquv yilini boshlash. Oʻquv yili yaqinlashib kelmoqda, xoʻp uni qachon va qanday boshlaymiz? Bu borada dunyo davlatlari qanday qarorlar qabul qilmoqda, qanday yoʻl tutmoqda? Prezidentimiz bu borada shoshish kerak emas, juda puxta oʻylab koʻrish kerakligini aytdilar. Sharoitdan kelib chiqib, xavfsizlik, transport masalalari abituriyentlar va ularning ota-onalariga sharoit yaratish yaratish juda muhim.
Test bor, ijodiy imtihonlar bor. Albatta, muammolar ham koʻtarildi. Misol uchun internet masalasi va uning yechimi boʻyicha asosiy topshiriqlar berildi. Davlatimiz rahbari bu kabi koʻpgina masalalarning yechimini koʻrsatib berdilar, vazifalarni oldik. Eng muhimi, bu yogʻiga nima qilish, nimaga tayyor boʻlishimiz kerakligini bilib oldik.