Termizlik qizlar peshqadam
Futbol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida V O‘zbekiston birinchiligining uchinchi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Futbol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida V O‘zbekiston birinchiligining uchinchi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Uchinchi turda Termizning “TerDU-Surxon” jamoasi Namanganning “Navbahor lochinlari W” jamoasini 2:1, “Jizzax” (Jizzax) futbolchilarini 1:0, Samarqandning “Dinamo Plyus W”, Toshkentning “Paxtakor W” va Qarshining “Sevinch-2” jamoalarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa yetakchisiga aylandi.
Peshqadamga imkoniyatni boy bergan “Navbahor lochinlari W” jamoasi “Paxtakor W” jamoasi bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etib, “Jizzax”ni 4:0, “Sevinch-2”ni 7:1 hisobida yengdi, “Dinamo Plyus W” jamoasi bilan o‘yinda hisob ochilmadi.
O‘zbekiston birinchiligining to‘rtinchi tur bahslari sentabr oyida bo‘lib o‘tadi.