Termizda bolajonlar uchun suv shousi tashkil etildi
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoitida aholi, ayniqsa, bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu maqsadda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashabbusi bilan respublikaning barcha hududlarida suv shoulari o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Termiz shahridagi «Farovon» massivida bo‘lib o‘tdi. Termiz shahar hokimligi hamda shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda bolalar suv purkagichlar ostida quvonch bilan o‘ynab, yozgi ta’tilning maroqli lahzalarini o‘tkazdi.
[gallery-30479]
Tadbir davomida bolajonlar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratilib, ularning mazmunli dam olishiga alohida e’tibor qaratildi. Quvnoq musiqa, suv purkagichlar va bolalarning beg‘ubor kulgusi yozning jazirama kunlarida ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday tadbirlar bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni issiq havo ta’siridan muhofaza qilish va yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA