Termiz shahrida yangi hokim ish boshladi
Xalq deputatlari Termiz shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shahar hokimi O‘ktam To‘rayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod etildi. O‘rniga Lolayev Sharofiddin Usanovich Termiz shahri hokimi etib tasdiqlandi.
Sharofiddin Lolayev 1987 yil Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2015 yil Termiz davlat universitetini bakalavr, 2021 yil magistr darajasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, bosh inspektori, birinchi o‘rinbosari, shuningdek, Denov tumani va Termiz shahar hokimining o‘rinbosari singari lavozimlarda xizmat qilgan.

Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlayotgan edi.


Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qatnashdi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri